У нас есть только
оригинальные песни

Obama Pentagonga Afg‘onistonda IShIDga aviahujum uyushtirishga ruxsat berdi

calendar 21.01.2016
1224

AQSh ma’muriyati Afg‘onistonda “Al-Qoida” jangarilaridan tashqari, IShID terrorchilik guruhi jangarilariga ham aviahujumlar uyushtirishga ruxsat berdi. Bu haqda The Washington Post harbiy idoradagi manbasiga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Ta’kidlanishicha, yangi vakolatlar Amerika qo‘shinlariga “Afg‘onistonda IShIDga yanada faol ravishda hujum qilish” imkonini beradi.

Nashr qayd etishicha, bungacha faqat uchta holatda — “Al-Qoida”ga hujum qilish uchun, afg‘onistonlik harbiylarni himoya qilish va ularga yordam berish uchun hamda chet el qo‘shinlariga ko‘mak berish uchun — kuch ishlatishga ruxsat berilgan edi.

Biroq ushbu qaror tufayli AQShning Afg‘onistondagi harbiy ishtiroki ko‘paytiriladimi, yo‘qmi — bu haqda xabar berilmadi.

Яндекс.Метрика