У нас есть только
оригинальные песни

Obama qishki ta'tilni oilasi bilan Gavayida o'tkazadi

calendar 18.12.2015
1312

AQSh prezidenti Barak Obama 18 dekabr kuni oilasi bilan qishki ta'tilni o'tkazish va rojdestvo bayramini o'tkazish uchun Gavayi orollariga yo'l oladi. Bu haqda Oq uy ma'muriyati xabar tarqatgan.

"18 dekabr kuni prezident Gavayi orolidagi Gonolulu shahriga jo'nab ketadi", deyiladi Oq uy xabarida.

Qayd etilishicha, ta'til vaqtida prezident ham uning oilasidagilar ham rasmiy marosimlarda ishtirok etmoqchi emas.

Ma'lumot uchun, Gavayi Barak Obamaning tug'ilgan yurti hisoblanadi. U 1961 yilda aynan shu erda dunyoga kelgan.

Bundan oldinroq, Obama har yillik matbuot anjumanini 18 dekabrda o'tkazadigan bo'lgani xabar qilingandi.

Яндекс.Метрика