У нас есть только
оригинальные песни

Obama: respublikachilar demokratlardan ko'ra Putinga ko'proq ishonadilar

calendar 07.01.2017
1289

AQSh prezidenti Barak Obama ABC telekanali efirida AQShning Respublikachilar partiyasi vakillari o'z yurtdoshlari demokratlardan ko'ra Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko'proq ishonishlarini aytdi.    

"Biz oxirgi vaqtda ko'p izohlar ko'rdik, ulardan demokrat bo'lgan o'zlarining yurtdoshlari amerikaliklardan ko'ra Putinga ko'proq ishonadigan respublikachilar, mutaxassislar va televideniye boshlovchilari borligi kelib chiqadi", deb aytdi Obama va bu holat unda jiddiy tashvish uyg'otishini qo'shimcha qildi.  

Obama amerikaliklarni boshqa davlatlar yetakchilariga emas, balki o'z yurtdoshlariga ishonishga chaqirdi.

"Men faqat bir narsani aytaman, men buni saylovlardan keyin ham aytganman, biz o'zimizga bir jamoada ekanligimizni eslatib turishimiz kerak. Vladimir Putin esa bizning jamoada emas", deb ta`kidlab o'tdi Obama. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика