У нас есть только
оригинальные песни

Obama sevimli rep ijrochilari nomini ma`lum qildi

calendar 29.10.2016
2231

AQSh prezidenti Barak Obama to'satdan SiriusXM radiostansiyasidagi “Sway in the Morning” radioshousiga qo'ng'iroq qilib, musiqa va sport borasida nimalarni xush ko'rishi haqida gapirib berdi. Bundan tashqari, Obama uning rafiqasi Mishel kelajakda hech qachon prezidentlikka nomzodini qo'ymasligini, chunki unga bunda istak va sabr yetishmasligini aytib o'tdi.  

"Men repchi Dreykni yaxshi ko'raman. U iste`dodli va moliyaviy tomondan ishlari yaxshi, Jay-Z esa qirolligicha qolmoqda", deb o'z musiqiy qarashlari bilan bo'lishdi Obama.

Obama sport borasidagi qarashlari haqida gapirib, NBA chempionatida Golden State Warriors basketbol jamoasi uchun muxlislik qilishini aytdi. Darvoqe, bu jamoa oxirgi ikki yildan beri milliy chempionatda g'olib bo'lib kelmoqda.

Яндекс.Метрика