У нас есть только
оригинальные песни

Obama Tinch okeani mintaqasini Xitoyga berib qo‘ymaslikka chaqirdi

calendar 03.05.2016
770

AQSh prezidenti Barak Obama The Washington Post gazetasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo hududi tashkil etilishini ko‘zda tutuvchi Trans-Tinch okeani sherikligi (Trans-Pacific Partnership, TPP) haqidagi dasturiy maqolani e’lon qildi. Mintaqadagi 12 davlat o‘tgan yil oktabrida mazkur sheriklik haqida kelishuvga erishgan, biroq Kongressda hozirgacha uni ratifikatsiya etish borasida tortishuvlar ketmoqda, deya xabar beradi “RBK”.

Maqolada AQSh prezidenti xalqaro savdo qoidalarini o‘rnatishda Xitoyga yetakchilikni bermaslik va kelishuvni tezroq ratifikatsiya qilishga chaqirgan. Obamaga ko‘ra, mazkur hududda TPP tufayli savdo-sotiqning avj olishi mamlakat biznesi va amerikalik ishchilar uchun naf keltirgan, asosiy raqobatchi — Xitoyga nisbatan afzallik bergan bo‘lardi.

“Xitoyga o‘xshash mamlakatlar emas, Qo‘shma Shtatlar qoidalarni yozishi va o‘rnatishi kerak. Bu imkoniyatdan foydalanib, Trans-Tinch okeani sherikligi haqidagi kelishuvni tasdiqlashimiz lozim”, — deya ta’kidlagan AQSh prezidenti.

Яндекс.Метрика