У нас есть только
оригинальные песни

Obamaning boshqaruv yillarida AQShdagi har bir oilaning qarzi 70 ming dollarga oshdi

calendar 27.01.2016
997

Barak Obama prezidentlik qilgan 7 yil davomida AQShning davlat qarzi 8.3 trln dollarga o'sib, 18.9 trln dollarni tashkil qildi. Har bir uy xo'jaligiga hisoblaganda, har bir oilaning qarzi 70 ming dollarga o'sgan bo'lib chiqmoqda. Bu ma'lumotlarni CNS News agentligi keltirdi.

Jorj Bush davrida ushbu ko'rsatkichlar tegishli ravishda 4.9 trln va 44 ming dollarga ko'paygan yedi. Oxirgi 15 yil mobaynida AQShning milliy qarzi 13.2 trln dollarga o'sgan bo'lib, har bir oila gardaniga 112 ming dollardan to'g'ri kelmoqda.

Яндекс.Метрика