У нас есть только
оригинальные песни

Obamaning katta qizi Garvardga o'qishga kiradi

calendar 02.05.2016
1277

AQSh prezidenti Barak Obamaning katta qizi Maliya 2017 yilning kuzida AQShning Kembrij shahrida (Massachusets shtati) joylashgan nufuzli Garvard universitetida o'qishni boshlaydi. Bu haqda 1 mayda Oq uy bergan xabarda aytilmoqda.

"Prezident va birinchi xonim Mishel Obama bugun ularning qizi Maliya 2017 yil kuzida Garvard universitetida o'qishni boshlashini e'lon qildilar", deyilmoqda bayonotda.

17 yoshli Maliya bu yil maktabni tugatadi.

Avvalroq Obama prezidentlik muddati tugagandan keyin Vashingtonda yana bir necha yil qolishini aytgandi. "Biz Vashingtonda qizimiz Sasha maktabni tugata olishi uchun yana bir juft yil qolmoqchimiz. O'qish o'rtasida ko'chib o'tish murakkab mashg'ulotdir", deb aytgandi Obama.

Яндекс.Метрика