У нас есть только
оригинальные песни

Obid Asomov 5 yildan beri nega sahnalarda ko'rinish bermayotganini izohladi

calendar 08.12.2015
3913

O'zbekistonlik taniqli qiziqchi Obid Asomov Instagram ijtimoiy tarmog'ida faollik ko'rsatishda davom etmoqda. Keyingi postlaridan birida u muxlislariga murojaat qilib, umumiy savollarga javob berib o'tgan.

"Hurmatli muxlislarim! Shuncha maqtovlarni eshitib, erib ketmasam bo'ldi sartyog'day. Sizlarning duolaringiz bilan shunchalik yuribman! Ko'p marta qaytariladigan savollarga yana bir marta javob bermoqchiman. Sahnaga chiqish, kontsert berish va televidenieda ko'rinish mening qo'limda emas. Afsuski, Obid Asomov hammaga ham birday yoqmaydi! Arablarda "as sabr" degan ibora bor. O'zbekchasi "sabr tagi rahmon". Vaqti-soati kelar. Men besh yildan beri tayyor turibman. Toshkentdaman, ko'chib yoki qochib ketganim yo'q. Eshigimga so'rab kelayotganlar bor. Har kuni xalq xizmatidamiz, Allohga shukr! Dunyoda bo'layotgan shuncha to'polonlar oldida mening sahnaga chiqish-chiqmasligim umuman muhokama qilinadigan muammo ham emas. Yurtimiz tinch bo'lsin. Yomonlardan asrasin. Ertalab ko'zimni ochaman, dunyoni ko'raman, demak tirikman. To'ylarga aytishyapti, demak kimgadir kerakman. Farzandlar, nabiralar sog'-omon maktabiga, bog'chasiga borayapti. Beadad shukrlar yaratganga! Men baxtli insonman! Bu "kizil gaplar" emas chin yurakdan chiqqan gaplar", deb yozadi Obid Asomov.

Яндекс.Метрика