У нас есть только
оригинальные песни

Obid Asomov: Avaz Oxunnikidan ko‘ra Ozodbek Nazarbekovning hazillariga ko‘proq kuldim

calendar 20.04.2016
1942

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konsertida mehmon bo‘lib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Obid Asomov o‘z fikrlarini Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Skrinshot: Instagram / @asomov_obid

“Ozodbek Nazarbekov konsertiga taklif kilgan edi, bordim. Rosti, konsertga tushishni uncha yoqtirmayman. Futbolda zaxiradagi o‘yinchi maydonga tusha olmay, xunob bo‘lib o‘tirganini ko‘rganmisiz? Menda ham [boshqa birovning konserti vaqtida] ana shu holat bo‘ladi”, — deb yozadi Obid Asomov.

“Lekin Ozodbekning konsertida yurakdan dam olib, barcha g‘uborlarim chiqib ketdi. Kim nima desa desin, lekin u san’at osmonining eng yuqori qavatiga chiqqani tasodif emasligini yana bir karra isbot qildi. Eng muhimi, konsertda soxtalik yo‘q: hammasi yurakdan!”, — dedi taniqli so‘z ustasi.

“Davrani [Ozodbekning] o‘zi boshqardi. Avaz [Oxun] ukamiz xafa bo‘lmasin: konsertga qiziqchining keragi ham yo‘q ekan — men Ozodbekning hazillariga ko‘proq kuldim”, — deya qo‘shimcha qilgan Obid Asomov, Ozodbek Nazarbekovga omad tiladi.

Яндекс.Метрика