Ochiq dengizda 27 kun qolib ketgan ota va uning 6 yoshli qizi haqiqiy jasorat ko'rsatishdi

Yangi Zelandiyada yashovchi Alan Lengdon o'zining 6 yoshli qizi Key bilan birga 27 kunni ochiq dengizda, ta`mirtalab olti metrli katamaranda o'tkazdi. Ota-bola Tasman dengizini kesib o'tib, Avstraliyaga kelib qolishdi. RNZ nashrida shu haqida xabar berildi.

Lengdon va uning qizi 17 dekabr kuni Yangi Zelandiyadagi Koxiya bandargohini tark etishdi. U aslida mamlakat shimoli-sharqidagi Bey-of-Aylends bo'g'ozigacha yetib olishni rejalashtirgandi, biroq kutilmaganda to'fon ko'tarildi. Buning natijasida katamaranning bir ruli sinib qoldi va uni boshqarish qiyinlashdi.

Foto: ABC News Greg Nelson

Lengdonning quruqlikdagilar bilan bog'lanish imkoni bo'lmagan, shu bois sayohat boshlanganidan to'rt kun o'tgach, Keyning onasi, Arian Vayler (Lengdonning sobiq turmush o'rtog'i) ota-bolaning yo'qolgani haqida xabar bergan. Shundan so'ng hukumat vakillari katamaranni izlashga kirishishdi va bu haqida Interpolni ham xabardor qilishdi. Bu vaqt esa Lengdon qizi bilan 2600 kilometrni bosib o'tgandi.

Kemani Avstraliyaga yo'naltirish g'oyasi Yangi yildan keyin paydo bo'ldi, zero Lengdon va Key Yangi yilni bortda qarshi olishlariga to'g'ri keldi. 

"Men taxminan Avstraliyaga borishimizni va bizga toza suv yetishini bilardim. Bu masala vaqt talab qilardi va men bu jarayonni tezlashtirishni istamadim".

Alan Lengdon

Sayohat davomida ota-bola oziq-ovqat va suv tanqisligini sezishmagan, zero Lengdon, tajribali sayyoh va dengizchi sifatida har ehtimolga qarshi ularni g'amlab qo'ygan edi. Shu sababli ota-bola 2017 yilning 10 yanvarida Sidneydan 230 kilometr masofada joylashgan Avstraliyaning Ulladulla portida to'xtashdi.

Ular yetib kelgunga qadar Keyning onasi Avstraliyada bolalar reabilitatsiyasi bo'yicha mutaxassisni yolladi. Mutaxassis Lengdon atayin shunday qilgan bo'lishi mumkinligini taxmin qildi. Bundan avval ham Arian Vayler xuddi shu mutaxassisni yollashiga to'g'ri kelgandi - o'shanda Lengdon Yangi Zelandiyadagi qishloq joyda qizi bilan bir yilga qolib ketgandi. Shu bois ayol sobiq erining Avstraliyaga katamaranda borishi mumkinligiga ishongan.

"U dengizni yaxshi biladi, shamolni tushunadi, bu narsalarning bari unga tanish. U juda qobiliyatli inson. Muammoli vaziyatlarda qanday yo'l tutishni biladi".

Arian Vayler, Key Lengdonning onasi

"G'oyib bo'lgan" ota-bola Avstraliyaga yetib kelganda Vayler hukumat vakillariga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi. Biroq ayol tomonidan yollangan bolalar reabilitatsiyasi mutaxassisi Lengdon sud oldida javob berishi kerakligini aytdi. Nima uchun deysizmi? Avstraliya hududiga noqonuniy yo'l bilan kirib kelgani uchun! Mamlakat hukumati bu masalani o'rganib, ko'rib chiqishga va`da berdi. 

Nelsonlik tajribali yaxtachi Alan Patti ota-bolaning sayohatini izohlab berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Lengdonning katamarani sifatli materialdan yasalgan va shu bois Yangi Zelandiyadan Avstraliyagacha yo'l bosa olgan. Biroq Alan Patti Lengdonning o'zi bilan birga 6 yoshli qizchani sayohatga olib ketganini yoqlamadi.

"Aytishim mumkinki, ob-havo haqiqatda juda yomon bo'ldi, lekin buni hech kim aniq tasdiqlay olmaydi. Aftidan, u professional dengizchi ko'rinadi. Biroq bunday sayohatga 6 yoshli bolani olib chiqish aqlga sig'maydi".


Комментарии (0) | Добавить: 13.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Xayr, maktabim! Mashhur yulduzlar maktab davrida qanday bo'lishgan?
Sankt-Peterburgda “rus Titanigi” haqida film suratga olinadi
AQSh uchinchi davlatlarga “bostirib kirishni” BMT orqali qonuniylashtirish niyatida
Durov: Telegram’ning to'sib qo'yilishi terrorchilarga muammo keltirib chiqarmaydi
Farhon va Shirin ijrosida yangi qo'shiq "Gulim Mani"
O'zbekistonda Ramazon hayiti namozi ado etildi
BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish berdi
Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin
Zarina Nizomiddinovadan yangi Fotosessiya - 2017
Uzoq masofadan o'q uzish bo'yicha rekord yangilandi
Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"
Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi
Jenifer Lopez katta ekranlarga qaytmoqda
Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Google'da bo'sh ish o'rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi
Messi «Barselona» akademiyasida to'p tepib yurgan paytlar (video)
Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi
Erdo'g'an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi
Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi
Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli
Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?
«O'zbekkonsert» xonandalarning Youtube’dagi bachkana kliplarini oldirmoqda
Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi
Jek Ma: 30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi
Ronaldu qaysi jamoaga o'tmoqchi ekanini ma`lum qildi
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomov televideniyeda efirga chiqadi
Nima uchun ishdagi jismoniy harakatlar sport mashg‘ulotlarining o‘rnini bosa olmaydi?
Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?
Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul