У нас есть только
оригинальные песни

Odam uchun eng katta xavf yolg‘izlik ekanligi aniqlandi

calendar 07.08.2017
2128

Yolg‘izlik va ijtimoiy izolyatsiya insoniyat uchun semizlikdan ko‘ra kattaroq xavf tug‘diradi. Bunday xulosaga Brigam Yang universiteti olimlari keldi. Ularning fikricha, ushbu omillarning aholiga ta’siri yildan-yilga kuchayib bormoqda va milliy muammo hisoblanadi. Tadqiqot press-relizi EurekAlert! saytiga joylandi.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat odamning asosiy ehtiyojlaridan biri bo‘lib, u psixologik salomatlik uchun ham, yashash uchun muhimdir. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 45 yoshdan kattaroq bo‘lgan 42,6 million amerikaliklar surunkali yolg‘izlikdan azob chekadi. 2014-yilgi ro‘yxatga olish natijalari bo‘yicha aholining chorak qismidan ko‘prog‘i yolg‘iz yashaydi, fuqarolarning yarmidan ko‘pi esa turmush qurmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, mustahkam ijtimoiy aloqalar barvaqt o‘lim xavfini 50 foizga kamaytiradi. Aksincha, ijtimoiy izolyatsiya yoki yolg‘izlik barvaqt o‘lim xavfini boshqa omillar, shu jumladan, semizlikka nisbatan, ko‘proq oshiradi.

Mutaxassislar fikricha, sog‘liqni saqlash tizimi ijtimoiy aloqalarning aholi salomatligiga ta’sirini hisobga olishi kerak.

Яндекс.Метрика