У нас есть только
оригинальные песни

Odamdan ham katta: Filippinda juda yirik kalmar tutildi

calendar 10.04.2018
2071

Filippinlik baliqchilar uzunligi taxminan 2,5 metr bo'lgan juda yirik kalmarni tutishdi, deb xabar qilmoqda Rakyatku News.

Mollyusk Tavi-Tavi viloyatidagi orollardan biri yaqinida tutildi. Mahalliy baliqchilarning ma`lum qilishicha, ular avval bunday yirik kalmarlarni hech qachon ko'rishmagan. Oroldagilarning fikricha, kelajakda mahalliy aholi vakillari mollyuskning bahaybat "qarindoshlarini" tutishning uddasidan chiqishadi.

O'lja mahalliy aholi e`tiborini o'ziga tortdi, ular kalmarni videoga olishgan. Rolikdan ko'rish mumkinki, mollyusk atrofida o'ljani tomosha qilayotgan va suratga olayotgan odamlar juda ko'p.

 

Яндекс.Метрика