У нас есть только
оригинальные песни

Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat

calendar 12.08.2018
4313

Olimlar bizdagi qaysi jihatlar odamlarni bizga jalb etishi va bu bilimlarni hayotda qanday qo'llash haqida gapirib berishdi.

  1. Suhbatdoshingiz xulq-atvoridagi jihatlardan nusxa oling

Muloqot vaqtida suhbatdoshingiz harakatlarini takrorlaydigan imo-ishoralardan foydalaning. Tadqiqot natijalariga ko'ra, bunday xulq-atvor simpatiya paydo bo'lishini tezlashtiradi.

  1. Munosabat o'rnatmoqchi bo'lgan odamingiz bilan ko'proq vaqtingizni birga o'tkazing

Tanishlarimizning bizga yoqib qolish ehtimoli katta. Ruhshunoslar tadqiqot o'tkazishdi: talabalar tanimaydigan to'rt nafar qiz universitetdagi mashg'ulotlarga kelishardi. Ba`zilari darsga tez-tez, boshqalari esa juda kam qatnardi. Keyin talabalarga qizlarning suratlari ko'rsatildi va qaysilari ularga yoqishini so'rashdi. Ma`lum bo'ldiki, mashg'ulotlarga ko'p qatnaganlari «ularning ko'ngliga o'tirgan». Axir aytishadi-ku, «Mehr ko'zda» deb.

  1. Suhbatdoshingizni maqtang

Odamlar ularga maqtov aytish vaqtida qo'llagan sifatlarni sizning shaxsiy xarakteringizning bir jihati sifatida qaraydilar. Bunday holat sifatlarning kutilmaganda berilishi deb ataladi. U aksincha ham ishlaydi: agar biror kishi haqida doimiy ravishda salbiy fikr bildirsangiz, u haqida aytayotganlaringizni sizga tegishli deb hisoblaydilar.

  1. Ijobiy hislarni namoyish eting

Atrofdagilarning kayfiyati bizga qattiq ta`sir qiladi. Ko'pincha ongsiz ravishda suhbatdoshimizning hislarini boshdan o'tkazamiz. Yoqimli taassurot uyg'otish uchun ijobiylikni namoyish eting.

  1. Ideal bo'lib ko'rinmaslikdan cho'chimang

Biror kamchilik va xatoga yo'l qo'yganingizda, odamlarga xos bo'lgan hislar sizga ham begona emasligini ko'rsatasiz. Olimlar xatolar simpatiyaga qanday ta`sir qilishi ustida tadqiqot olib borishdi. Tadqiqot qatnashchilari viktorina yozuvini tinglashdi. Kimdir savollarga javob berib, viktorina so'ngida qahvasini to'kib yuborsa, mana shu ishtirokchi ideal qatnashchiga qaraganda qolganlarda ijobiy taassurot uyg'otgan.

  1. Diqqatni umumiy jihatlarga qarating

Biz o'zimizga o'xshagan odamlarga intilamiz. Bu o'xshashlikka qarab intilish effekti deyiladi. Ayniqsa, biz bilan umumiy jihatlari mavjud bo'lganlar bizga ayniqsa juda yoqadi.

  1. Suhbatdoshingizni o'zini qanday qabul qilishlarini istasa, shunday munosabatda bo'ling

Odamlar o'zlarini qanday ko'rishsa, boshqalar ham shunday qabul qilishini istaydilar. Agar odamning biz haqimizdagi tasavvuri shaxsiy fikrlarimizga mos kelsa, munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanadi. Bizni tushunayotganlarini anglaymiz, bu esa ishonch o'rnatish uchun zarur.

  1. Shaxsiy fikrlar bilan bo'lishing

Bu munosabatlarni o'rnatish va odam haqida ko'proq ma`lumotga ega bo'lishga yordam beradi. Umumiy mavzulardan boshlang (har ikkingiz yaqinda tomosha qilgan film) va imkon qadar shaxsiy mavzularga o'ting. Keyin o'zingiz haqingizdagi sirli narsa haqida aytib bering. Ana o'shanda yaqinlik hissi paydo bo'ladi, suhbatdoshingizning sizga kelajakda ishonishi oson bo'ladi.

  1. Suhbatdoshingizga o'zi haqida gapirish imkoniyatini bering

Harvard universiteti tadqiqotchilari o'zimiz haqimizda gapirganda zavqlanish hissini boshdan kechirishimizni aniqladilar. Shuning uchun suhbatdoshingizga o'zi haqida gapirishga imkon bering. Ana shunday qilsangiz, uning xotirasida suhbatingiz to'g'risida yoqimli hislar qoladi.

  1. O'zingizni suhbatdoshingiz sizga yoqadigandek tuting

Suhbatdoshimiz bizga yaxshi munosabatda ekanini his qilsak, o'zimiz ham uni yoqtirishni boshlaymiz. Bu hodisa javob tarzda qaytariladigan simpatiya deyiladi.

Suhbatdoshingiz sizga nisbatan qanday munosabatda ekaniga ishonchingiz hosil bo'lmasa, o'zingizni u sizga yoqadigandek tuting.

Яндекс.Метрика