У нас есть только
оригинальные песни

Odamlari 160 yil yashaydigan g'aroyib joy

calendar 08.12.2017
1279

Biz yashayotgan ulkan sayyorada hatto xayolimizga ham keltirmaydigan ko'plab hududlar mavjud. Ulardan biri Pokiston va Hindiston orasida, xalqlar “yoshlik vohasi”, deb ulug'laydigan hudud. 
Bu g'aroyib joy Xunza daryosi vohasida joylashgan. O'sha hududda yashaydigan aholini kuzata turib, ular juda kam kasal bo'ladi va har biri boshqa hududda yashaydigan o'z tengdoshlariga nisbatan ancha yosh ko'rinadi, degan xulosaga kelish mumkin. 
Bu joy aholisi hech qachon saraton va yurak xastaliklariga duch kelmagan. Bu joyda istiqomat qiladiganlar uzoq umr ko'ruvchilardir. Uzoq umr ko'rishlarining siri esa haligacha tadqiqotchi olimlar uchun jumboq bo'lib kelyapti. 
Baxtli voha Himolayda, Hindistonning shimolida, Xunza daryosi bo'yida joylashgani uchun ham bu qabila yashaydigan sharoit anchagina og'ir. Xunza vodiysi aholisi boshqa qo'shni xalqlardan tashqi ko'rinishining evropaliklarga yaqinligi bilan ajralib turadi. Afsonalarga ko'ra, ushbu juda kichik tog' mamlakatiga Aleksandr Makedonskiy qo'shini jangchilari Hindiston tomon yurish qilgan paytda joylashgan. 
Xunzaliklar o'z ona tillarida, ya'ni burushasxi tilida gaplashadi. U yerdagilarning barchasi urdu, ko'pchiligi esa ingliz tilini yaxshi bilsa-da, “Burushasxi” tilining dunyodagi qaysi tilga yaqinligi hali isbotlanmagan.

Яндекс.Метрика