У нас есть только
оригинальные песни

Odessada Brejnevga tegishli bo'lgan yaxta cho'kib ketdi

calendar 11.01.2016
1014

Ukrainaning Odessa shahrida Sobiq Ittifoqning sobiq rahbarlaridan va KPSS Markaziy Qo'mitasining bosh kotiblaridan biri Leonid Brejnevga tegishli bo'lgan yaxta cho'kib ketdi. Bu haqda UNIAN xabartarqatgan.

Odessa dengiz savdo porti ma'muriyatidan xabar qilinishicha, Prakticheskoy gavanidagi «Burevestnik» nomli yaxta cho'kkan.

"Bu haqiqatdan ham Brejnevning eng sevimli yaxtasi edi", deyiladi xabarda.

Yaxtaning cho'kishiga uning eskirib ketgani va qarovsiz qolgani sabab bo'lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, Brejnev «Burevestnik» yaxtasida tez-tez dengiz sayohatlariga chiqib turgan.

Яндекс.Метрика