У нас есть только
оригинальные песни

"Odnoklassniki" shahsiy yozishmalarda o'yinlar o'ynashni yo'lga qo'ydi

calendar 23.09.2016
1117

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari endi yozishmalardan chiqmay turib, bir-birlari bilan o'yin o'ynashlari mumkin bo'ladi. Bu haqida ijtimoiy tarmoq hodimlari Layf nashriga ma`lum qilishdi. 

Yangi ko'ngilochar funktsiyadan veb versiya foydalanuvchilari bilan birga Android va iOS boshqaruvi ostidagi smartfonlar egalari ham foydalana olishadi. 

Bugungi kunda foydalanuvchilarga Uniwordsity o'ynash taklif etilmoqda, bu o'yinda g'olib bo'lish uchun ishtirokchilar imkon qadar ko'p so'z topishlari kerak bo'ladi. Ishlab chiqaruvchilar biroz keyin "Darts" turniri, shuningdek boshqa qiziqarli o'yin loyihalarini yo'lga qo'yishga ham va`da berishdi.

- Shahsiy yozishmalarda o'yinlarning paydo bo'lishi dastavval tanlangan strategiyaga to'liq to'g'ri keladi, ya`ni foydalanuvchilar orasida muloqot va hissiyotlar almashinuvi yanada ko'payadi, - dedi "Odnoklassnik" o'yin loyihalari yo'nalishi rahbari Artur Shakalis. - Tez orada yana bir necha o'yinlarni qo'shib, platformalar sonini ko'paytiramiz. O'yin paydo bo'lganidan so'ng foydalanuvchilar ilovada yanada ko'proq vaqtlarini o'tkazishlariga umid qilamiz. 

O'yinni boshlash uchun do'stingizga shahsiy yozishmalar orqali taklifnoma yo'llashingiz kerak bo'ladi. U taklifingizni qabul qilsa, o'yin avtomatik tarzda boshlanadi. 

 

Яндекс.Метрика