У нас есть только
оригинальные песни

«Odnoklassniki» yangi xizmat turini taqdim etadi

calendar 09.08.2017
1869

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog'i joriy yilning sentabr oyidan xorijga chiqish pasporti, tug'ilganlik haqida guvohnoma va boshqa hujjatlarni olish imkonini beruvchi servisni ishga tushirmoqchi. Bu haqida TASS xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoq "Davlat xizmatlari" portaliga kirish imkonini yaratadi. Birinchi bosqichda avtomobilni ro'yxatdan o'tkazish, jarimalarni to'lash kabi 12 optsiya mavjud bo'ladi. Kompaniya kelgusida davlat xizmatidagi boshqa talabgor xizmatlarni qo'shishni rejalashtirmoqda. 

Xizmatlardan saytning veb-versiyasi bilan birga mobil ilovalardan ham foydalanish mumkin. 

«Odnoklassniki» matbuot xizmatida yangi servis ishga tushirilishga tayyor ekani tasdiqlandi. 

"Hozirda biz "Davlat xizmatlari" portali bilan yangi servisning mexanikasi va texnik xususiyatlariga doir muzokaralar olib bormoqdamiz", - deya ta`kidlashdi kompaniya vakillari. 

Bugungi kunda "Davlat xizmatlari" portalida 50 million rossiyalik ro'yxatdan o'tgan. Servis ishga tushirilgandan keyin ijtimoiy tarmoq orqali ro'yxatdan o'tish mumkin, lekin ro'yxatdan o'tganlikni tasdiqlash uchun baribir yo elektron imzo qo'yish, yoki markazga borganda imzolash talab etiladi. 

Яндекс.Метрика