У нас есть только
оригинальные песни

Odnoklassnikida 100 nafargacha suhbatdoshlar uchun guruh videoqo'ng'iroqlari paydo bo'ldi

calendar 27.08.2018
1003

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog'i guruh ovozli va videoqo'ng'iroqlarni  ishga tushirdi. Sun`iy intellekt bazasidagi shaxsiy moslashtiruvchi texnologiya aloqaning yuqori sifatini saqlagan holda 100 nafargacha odamga guruh konferensiyasiga ulanish imkonini beradi: shunday qilib, OKda endilikda butun oila, katta do'stlar davrasi yoki hamkasblarning jamoasi bilan birato'la qo'ng'iroqlashish mumkin.  

OKdagi  guruh qo'ng'iroqlari qo'shaloq moslashtiruvchi texnologiya bo'yicha bajarilgan. Foydalanuvchilar avvaliga to'g'ridan-to'g'ri p2p-ulanish yordamida qo'ng'iroqlashishadi, qo'ng'iroq qiluvchilarning miqdori oshganda neyrotarmoq ko'plab parametrlarni baholaydi (aloqa sifati, kanallarning bandligi va abonentlarning qurilmalari) va zarur bo'lganda qo'ng'iroqni server orqali yo'naltiradi. Natijada  OKdagi  qo'ng'iroqlar  mumkin bo'lgan joylarda p2p-ulanish yordamida yaxshiroq aloqa sifatini ta`minlaydi va konferents-aloqa server texnologiyasi tufayli 100 nafargacha suhbatdoshlarga qo'ng'iroqlashish imkoniyatini beradi.  

Qo'ng'iroq vaqtida videooqimlar ularning faolligiga bog'liq ravishda suhbatdoshlar o'rtasida taqsimlanadi. Eng yaxshi sifatdagi video ushbu daqiqada kim gapirayotgan bo'lsa, o'shani yaxshiroq ko'rsatadi, avvalgi faol foydalanuvchining videooqimi esa biroz pastroq sifatda bo'ladi. Agar suhbatdoshlar ko'p bo'lsa, faol bo'lmaganlar ovozli qo'ng'iroq shaklida ko'rsatib turiladi: ular gapirishni boshlashlari zahoti ularning kameralaridagi video qo'ng'iroq ekranida paydo bo'ladi. Ushbu barcha ustuvorliklar guruh qo'ng'irog'i qatnashchisi tarmog'ining sifati ostiga shaxsan moslashtiriladi.

Guruh qo'ng'iroqlari ijtimoiy tarmoqning veb-versiyada, shuningdek OKning iOS va Android ilovalarida mavjud. Konferentsiyani boshlash uchun bir suhbatdosh bilan qo'ng'iroqlashib olish, shundan keyin ijtimoiy tarmoqdagi do'stlar ro'yxatidan yangi foydalanuvchilarni shunchaki qo'shish kerak. Bunda qo'ng'iroqning  har bir ishtirokchilari suhbatga o'z do'stlarini qo'shishlari mumkin bo'ladi.

Yaqin vaqt orasida videoqo'ng'iroqlar chatlar bilan integratsiyalashtiriladi va suhbatdoshlar fayllar, foto va video bilan almasha olishadi.  Suhbatlar avtomatik ravishda barcha qurilmalarda sinxronlashtiriladi: masalan, kompyuterda muloqot qilishni boshlab, keyin smartfonda davom ettirishingiz mumkin.

Guruh qo'ng'iroqlari qatnashchilari shuningdek iyun oyining boshida OK qo'ng'iroqlarida paydo bo'lgan to'ldirilgan reallik qiyofasidan foydalana olishadi. Ta`lim beruvchi yoki prezentatsiyaviy konferensiyani o'tkazuvchilar  OK ijtimoiy tarmoq veb-versiyasi va Android  ilovasidagi ekranni namoyish qilishdan foydalanishlari mumkin.

Bu yil sal avvalroq OK sun`iy intellekt boshqaruvi ostidagi ovozli va videoqo'ng'iroqlar platformasini qaytadan ishga tushirib yubordi.   Dinamik ravishda o'qitadigan neyrotarmoq tasvir va ovozning sifatini yaxshilash imkonini beradi: OKda har bir yangi amalga oshirilgan qo'ng'iroq bilan texnologiya qaytadan o'qitiladi. Foydalanuvchilar o'z qarindoshlari va yaqinlariga har qanday qurilmadan: ijtimoy tarmoq veb-versiyasidan qo'shimcha DTsiz va OKning Android hamda iOS dagi mobil ilovalari yordamida qo'ng'iroq qilish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Foydalanuvchi bilan shaxsiy ma`lumotlarda chatdan, yoxud do'stingiz profili sahifasidan qo'ng'iroqni amalga oshirish mumkin.

Яндекс.Метрика