У нас есть только
оригинальные песни

Og'riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlandi

calendar 30.09.2016
2072

Og'riq qoldiruvchilarning keng qo'llanilishi yurak Yetishmovchiligi tufayli shifohonaga tushuvchi bemorlar sonining ko'payishiga olib kelmoqda. Gap yallig'lanishga qarshi nesteroid dori vositalari haqida bormoqda. Milandagi Bikokka universiteti olimlarining shunga doir ilmiy izlanishlari Medicalxpress nashrida chop etildi. Tadqiqot davomida olimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada yashovchi, og'riq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qiluvchi 10 million bemorning ma`lumotini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotchilar bunda 92 mingdan ortiq shifohonaga tushish holatlarini aniqlashdi, har bir bemorning qaysi dorini qanday dozada qabul qilganligini ham o'rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, ketorolak, naproksen, nimesulid, piroksikam kabi dori vositalari, shuningdek Soh 2 ingibatorlari - etorikoksib va rofekoksib - katta dozalarda yurak Yetishmovchiligi havfini ikki barobar oshirishi ma`lum bo'ldi.  Bu natijalar kuzatuv tadqiqotidan olingan bo'lsa-da, ekspertlar og'riq qoldiruvchi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishni tavsiya qilishmoqda. 
Яндекс.Метрика