У нас есть только
оригинальные песни

OG'ABEK SOBIROV KONSERT KUNLARI TUGADI

calendar 01.06.2014
4102


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Og'abek Sobirov joriy yilning 28-29-30-31 may hamda 1 iyun kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Istiqlol” san'at saroyida o'zining navbatdagi kontsert dasturini muxlislariga taqdim etdi. Og'abek Sobirov bundan o'n olti yil ilgari ilk bora o'zining jonli ijrodagi kontsert dasturini havola etgan edi. Bu gal "Madhing kuylay vatanim” nomli kontsert dasturi esa fonogrammadan foydalanilgan holda taqdim etildi. 20 dan ortiq hit bo'lgan yangi qo'shiqlarini ijro etgan xonanda sahna dekoratsiyasiga talabchanlik bilan yondashgan.

Og'abek Sobirovning jonli ijrodagi "Xorazmcha”, "Lazgi” qo'shiqlari butun zaldagi besh minglik tomoshabinni raqsga chorladi. Barcha kontsertni tomosha qilar ekan ham quvonch, ham ko'z yosh ham jo'shqinlik bilan raqsga undovchi taronalardan bahramand bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda yig'ilgan muxlislar uchun kutilganidan ziyoda kontsert dasturi tuhfa etildi.
Яндекс.Метрика