У нас есть только
оригинальные песни

Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi

calendar 11.12.2017
1767

Nyukasl universiteti mutaxassislari ilmiy tadqiqot o‘tkazib, og‘riq qoldiruvchi dorilar semizlik, uyqusizlik va gipertoniya (qon bosimining oshib ketishi) rivojlanishiga olib kelishini aniqladi, deb yozadi 7MedNews.

Ekspertlar gabapentin, pregabalin va ba’zi boshqa og‘riq qoldiruvchi opioid dorilarni tahlil qilib chiqdi. Tadqiqotda 133 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ba’zi bemorlar ushbu dorilarni kardiopreparatlar bilan birga qabul qildi, boshqalar — faqat yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dorilarni ichdi.

Birinchi guruhdagi odamlar ikkinchi guruhdagilarga qaraganda 95 foizga ko‘proq semizlikdan azob chekkan, bel aylanasi kengayganidan 82 foizga ko‘proq shikoyat qilgan. Buning ustiga, ularda gipertoniya 63 foiz ko‘proq rivojlangan. Shuningdek, ko‘pchilikda uyqusizlik aniqlangan.

Яндекс.Метрика