Oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olishga doir qaror imzolandi


O'zbekiston Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3827-sonli qaroriga muvofiq, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda, quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

  • o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma`naviy-axloqiy muhitga salbiy ta`sir ko'rsatuvchi boshqa holatlarni qo'zg'ata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini ta`minlash;
  • ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yo'lga qo'yishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinchi navbatda oilaviy-maishiy nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining o'zaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
  • nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo, «xavf ostidagi guruh»da bo'lgan shaxslar va oilalarni aniq maqsadda qo'llab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;
  • nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatish sabablarini, o'z joniga qasd qilish kayfiyatini qo'zg'atadigan omillarni aniqlash hamda o'rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko'rish;
  • jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zo'rlik ishlatishning har qanday ko'rinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini ta`minlash, og'ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qo'llab-quvvatlash orqali qaror toptirish;
  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish.
ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!