У нас есть только
оригинальные песни

Okean tubidan o'tuvchi internet kabellari uzilsa nima bo'ladi?

calendar 07.01.2018
1607

Hech o'ylab ko'rganmisiz dunyo okeani tubidan o'tuvchi minglab internet kabellari uzilsa nima ro'y beradi? Wired nashri ushbu kabellarga biror davlat hujum qilishga qaror qilsa, nima yuz berishini taxmin qilishga qaror qildi. Maqola NATO qo'mondonligining bayonotlari ortidan e`lon qilingan. Alyans Rossiya harbiy suv osti kemalari faolligi kuchaygani bois, suv osti kommunikatsiyalarning holati yaxshi saqlanib qolishi borasida xavotirlarini bildirgan edi. 

AQSh harbiy-dengiz kuchlari yuqori lavozimli vakillari bir necha yillar mobaynida Rossiya harbiy kemalarining okean tubidan o'tuvchi internet kabellariga hujum qilishi dahshatli oqibatlarga olib kelishi haqida bong uradi, deb yozadi Wired. Ular bilan britaniyalik harbiylar bir xil fikrda. Harbiylarga ko'ra, shunday hujum mamlakat uchun moliyaviy qulash bilan yakun topadi. 

Bundan tashqari, NATO sovuq urush davriga oid qo'mondonlik qarorgohini tiklashni ham rejalashtirmoqda. Uning maqsadlaridan biri suv osti kommunikatsiyalarini qo'riqlash bo'ladi, deyiladi maqolada. 

Ammo, ekspertlarning fikricha, deb yozadi Wired, g'arb harbiylari tahdidni haddan ortiq baholashmoqda. Chunki, shundog'am har bir necha kunda 428 ta suv osti kabellaridan biri zararlanadi. Bunga, aksar hollarda yer silkinishi, kemalar yoki ularning langarlari sabab bo'ladi. Internet foydalanuvchilari esa, bu holatda kabel uzilganini sezishmaydi ham. Axborot uzatish boshqa liniyalar orqali avtomatik tarzda uzatila boshlanadi. Yevropa, AQSh va Sharqiy Osiyoda bir liniya bo'ylab juda ko'plab kabellar o'tkaziladi. 

Shuning uchun ham, Wired nashrining yozishicha, agar Rossiya yer osti kemalari Atlantika okeanida bir nechta kabelni uzib yuborsa, internet ishiga jiddiy salbiy ta`sir ko'rsatmaydi. Hatto, Atlantika okeani ostidagi barcha kabellar uzilgan taqdirda ham internet aloqasi uzilmaydi, Tinch okeani tubidan o'tgan kabellar axborot uzatuvini ta`minlaydi. 

Яндекс.Метрика