У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar Arktika tarixidagi eng issiq qishdan tashvishlanmoqda

calendar 11.03.2018
1377

Joriy qish Arktika tarixidagi eng issiq qish bo‘ldi. Suvning muzlashi rekord darajadagi minimumni tashkil etdi va odatda qalin muz qoplami bilan qoplanuvchi katta suv hududlari ochiq qoldi, deb yozadi “Nauka”.

Amerikalik olimlar yuz berayotgan hodisani global isish tufayli kelib chiqqan siklning bir qismi deb atamoqda va u Yevropa hamda AQSh shimoli-sharqidagi kuchli muz bo‘ronlarini keltirib chiqarganligini taxmin qilmoqda.

Shimoliy qutbga yaqin joylashgan meteostansiya fevral oyida plyus harorat 60 soatga yaqin davom etganligini qayd etgan. Shu paytga qadar olimlar bu joylarda fevral harorati faqat ikki marta, juda qisqa vaqt mobaynida noldan yuqoriga ko‘tarilganligini qayd etgan.

Arktika meteorologik stansiyalaridan 15 tasi joriy qishda selsiy bo‘yicha 5,6 daraja me’yordan yuqori haroratni qayd etgan.

Яндекс.Метрика