У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar batareyasiz ishlaydigan telefon yaratdi

calendar 30.06.2017
2055

Vashington universiteti olimlari akkumulyatorsiz ishlay oladigan mobil telefon ishlab chiqa oldi.

Buning uchun mobil telefonlarda qo‘llanadigan texnologiyalarni boshqatdan ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi, negaki yangi gadjet atrof muhitdan quvvat olib ishlaydi.

“Tasavvur qiling, batareya o‘chib qoldi, ammo siz baribir xabar jo‘nata va qo‘ng‘iroq qila olasiz”, — deb izoh berdi yangi ishlanmaga laboratoriya xodimlaridan biri Joshua Smit.

Uning so‘zlariga qaraganda, aynan mobil aloqa vositasi ustida ishlanmalar olib borilishining sababi odamlar uni juda ko‘p ishlatishidir, ya’ni bu texnologiya eng sertalab gadjetga mo‘ljallangan.

Яндекс.Метрика