У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar dekabrda homilador bo'lgan ayollardan eng sog'lom bolalar tug'ilishini aniqlashdi

calendar 24.10.2015
5387

AQShning Indiana universiteti olimlari homilador bo'lish oyi va tug'iladigan bolaning salomatligi o'rtasida o'zaro aloqa borligini aniqlashdi. Olimlarning ta'kidlashicha, dekabrda homilador bo'lgan ayollardan eng sog'lom bolalar tug'ilar ekan.

Iyunda homilador bo'lgan ayollardan tug'ilgan bolalar esa, aksincha, boshqa oylarda tug'ilgan bolalardan ko'ra ko'proq salomatligida muammolarga duch kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari Annual meeting of the American Society for Reproductive Medicine in Baltimore anjumanida taqdim qilindi. 

Olimlar 2004-2009 yillar mobaynida dunyoga kelgan 270 ming bolaning tug'ilishidagi salomatligini tahlil qilishdi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, bolaning homila bo'lishi oyi bilan uning tug'ilishidagi salomatligi o'rtasida aloqa borligi aniqlandi. Olimlar dekabr homilador bo'lish uchun eng yaxshi, iyun esa eng yomon vaqt deb tavsiya qilishmoqda.

Olimlar aniqlangan qonuniyatni quyidagicha tushuntirishmoqda: iyunda odamlar qish oylariga ko'ra ko'proq sabzavot va mevalar iste'mol qilishadi. Biroq sabzavotlar ijobiy natija ko'rsatish o'rniga, aksincha, salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki organizmni pestitsidlar bilan zaharlaydi. Aynan shu holat homilador ayollarning salomatligiga va natijada bolaga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Aksincha, agar ayol dekabrda homilador bo'lsa, unda uning farzandi keyingi yilning yoz oxiri-kuz boshida dunyoga keladi. Bu esa homiladorlikning oxirgi kunlari ona quyosh nurlaridan ko'proq D vitamini olishini anglatadi. D vitamini ba'zi tug'ma kasalliklarning rivojlanishiga to'sqinlik qilib, tug'ilajak bolaning salomatligiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Biroq bunday tushuntirish faqatgina taxmindir, chunki olimlar olingan natijalarni hali aniq asoslay olishmadi

Яндекс.Метрика