Olimlar eng ko'p allergiyani yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlashdi

Frantsiyalik olimlar allergik rinit ko'rinishida paydo bo'luvchi eng ko'p uchraydigan 5 sababni aniqlashdi. Frantsuz ekspertlarining so'zlariga ko'ra, bugungi kunda dunyo miqyosida turli ozuqaviy allergik reaktsiyalar kuzatilmoqda, ular teri kasalliklari, toshmalar va ko'z yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Shuningdek allergik reaktsiya insonning nafas olish jarayonida havodagi turli aralashmalarni yutishi natijasida ham kuzatiladi. "Ortodoks" tibbiy portalida shu haqida ma`lumot berildi

Haroratdagi keskin o'zgarishlar. Ekspertlarning fikricha, burun bitishi ko'rinishidagi allergik reaktsiyalar ko'pincha haroratning keskin o'zgarishi natijasida yuzaga keladi. Yozgi jazirama harorat va yuqori namlik yoki qish faslidagi ayoz sovuqlar insonda allergik rinitning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek olimlar konditsioner ishlab turgan honada ko'p o'tirish ham rinitga sabab bo'lishini qayd etishdi. 

Turli hidlar. Bugungi kunda turli hidlarga nisbatan allergik reaktsiyalarni juda ko'p kuzatishimiz mumkin. Shunga qaramay, uning paydo bo'lishiga nafaqat atir yoki dezodarant sabab bo'ladi, balki hushbo'y hid tutatqilari va shag'amlar ham allergik reaktsiyalarni paydo qiladi. Sog'liqni saqlash uchun ahvolni yomonlashtirayotgan sababni to'g'ri aniqlay bilish lozim. 

Lak-bo'yoq mahsulotlari. Aksariyat kishilar ahvollari lak-bo'yoq mahsulotlaridan yomonlashganini hattoki hayollariga ham keltirishmaydi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida biror joyni bo'yash vaqtida mahsus respirator-niqoblardan foydalanish kerak. Shuningdek bo'yoq hidi ketmasidan yangi ta`mirdan chiqqan inshootlarda yurish tavsiya etilmaydi. 

O'simlik changlari. Bugungi kunda o'simliklarning gullashidan jabr ko'ruvchi kishilar soni muntazam ravishda o'sib bormoqda. Bu asosan darahtlar va o'simliklar ko'p bo'lgan hududlarda yashovchi kishilarga hos. Statistikaga ko'ra, o'simliklar changi butun dunyo ahli o'rtasida eng ko'p allergiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi. 

Atmosferaning ifloslanishi. Mahsulotlarni qayta ishlovchi zavod va korhonalar havoga katta miqdordagi zararli aralashmalarni ajratib chiqaradi, avtotransport esa zararli gazlarni ajratadi, bu ham o'z navbatida Yer atmosferasiga salbiy ta`sir ko'rsatadi. Bu zararli moddalar ko'pincha insonlarda allergik kasalliklarni qo'zg'atadi. 


Комментарии (0) | Добавить: 09.10.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi
Prezident virtual qabulxonasiga yo'llangan murojaatlar soni 1 millionga yetdi
«O'zbekiston 24» telekanali 24 iyul kuni ish boshlaydi
Fidjet spinnerlar haqida barcha haqiqatlar
Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar
Qanday oziq-ovqatlar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ot zavodiga bordi
O'zbekistonda shakar narxi oshdi
Moskvada o‘tkinchi ayol Putinni o‘pib oldi
Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti”
G'ayriqonuniy hukm yoxud sud ustidan kimga shikoyat qilish kerak?
“Davlat xizmati to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, meritokratiya tushunchasi joriy etiladi
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Neymar «PSJ»ga o'tishga juda yaqin turibdi, uning otasiga 40 mln yevro taklif qilishdi
Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda
Styuardessalar yo‘lovchilarning eng asabga tegadigan qiliqlari haqida hikoya qilib berdi
O'zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin
Iste’molchilar qachon elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi?
Aqlli odamlar hech qachon yo‘l qo‘ymaydigan 5 narsa
Ovqatga to‘ymayotganligingizning 4 belgisi
Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat
Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish mumkin?
Shavkat Mirziyoev yo'l harakatiga doir qarorni imzoladi
Qanday qilib sport bilan yiliga 312 kun shug‘ullanish mumkin?
Bolalarda tana haroratini qachon tushirish kerak?
Sergeli avtomobil bozori ko‘chiriladi
Dollarning rasmiy kursi qariyb 4050 so'mga yetdi
Smartfon quli bo'lmaslik uchun nima qilish kerak: diqqatni va vaqtni tejash uchun 7 usul
Turkiya Rossiyaning 4 mingdan ortiq fuqarosiga mamlakatga kirishni taqiqladi
Avstraliyalik o'smirning oyog'idagi barmog'i qo'liga ko'chirib o'tkazildi