Xalqaro shifokorlar guruhi Еvropadagi eng "semiz” va eng "xushqomat” millatlarni aniqladilar. Olimlar tomonidan tadqiq qilingan millatlar orasida nemis va slavyan xalqlari hisobga olinmagan.
Olimlar o'z tadqiqotlari natijalarini Nature Genetics jurnalida chop etishdi. Natijalar bilan Daily Mail nashrining saytida qisqacha tanishish mumkin.
Shifokorlar o'z ishlarida Еvropaning 14ta davlatidan 250 mingga yaqin kishi hamda 17,5 ming qardosh juftlar haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilishdi.
Tadqiqot biror millat vakillarining o'rtacha bo'yi qanchalik yuqori bo'lsa, ular shunchalik xushqomat bo'lishlari va ularning tana massasi indeksi shunchalik kamroq bo'lishini ko'rsatdi. Tana massasi indeksi kilogrammda o'lchangan tana vaznining metrlarda o'lchangan bo'yning kvadratga oshirilganiga nisbatidan aniqlanadi. Misol uchun, agar vazn 67 kg va bo'y 1,7 metr bo'lsa, tana massasi indeksi 23ga teng bo'ladi.
Еvropada eng baland va xushqomat odamlar Skandinaviyadagi davlatlarda – Norvegiya, Shvetsiya va Daniyada yashashlari, eng semiz va past bo'yli odamlar esa Ispaniyada, Italiyada, Portugaliyada ham Gretsiyada ekanligi ma'lum bo'ldi. Frantsuzlar va britaniyaliklar bu borada o'rta qatorlarni egallashdi.
Olimlarning ta'kidlashicha, turli xalqlar tana massasi indeksidagi turlanish nafaqat ularning geografik joylashuvi, irsiy xususiyatlari, balki milliy taomlari va ekologiyaga ham bog'liq ekanligi aniqlandi.
Olimlarning baholashicha, "baland bo'yli va xushqomat” skandinavlar (Shimoliy Еvropa aholisi) va "past bo'yli va semiz” greklar (Janubiy Еvropa aholisi) haqidagi umumma'lum evropacha qarashni tasdiqladi.