Olimlar fotonli protsessor yaratishning uddasidan chiqishdi

                     

Kolorado universiteti tadqiqotchilari ma'lumotlarni elektr yordamida emas, yorug'lik vositasida uzatadigan birinchi protsessorni yaratganlari haqida axborot tarqatishdi. Bu haqdagi ma'lumot Engadget.com saytida chop etildi.

Protsessorning qurilishi butunlay fotonli emas, lekin uning 850 optik unsuri oddiy elektrik chiplarga nisbatan o'tkazish qobiliyatini mislsiz darajada oshirib yuboradi. Uskuna 1 kv mm maydonda sekundiga 300 Gb ma'lumot o'tkazadi; bu oddiy ko'rsatkichlardan 10-50 barobar tezroqdir.

Ikki yadroli protsessorning o'lchovi bor-yo'g'i 3ga 6 mm. Yangi kashfiyot EHM bozorida tub yangilik yasashi mumkinligi aytilmoqda. Uning asosida ulkan hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi server mashinalarini yaratish mumkin bo'ladi. Shuningdek, ishlanmaning optimizatsiya imkoniyatlari cheklanmagan.


Комментарии (0) | Добавить: 28.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]