У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar homiladorlik vaqtida chekishning eng jidiy xavfini ma`lum qildi

calendar 27.11.2017
1556

Onaning zararli odatlari bola salomatligiga tuzatib bo'lmas zarar yetkazishi mumkin. Avstraliya olimlari homiladorlik vaqtida tamaki mahsulotlarini chekish homilada bolalar miya shilliq qavati paralichiga sabab bo'lishi mumkin. Bu haqda Frontiers in Molecular Neuroscience jurnalida e`lon qilingan maqolada so'z yuritilgan.

"Kuzatishlarga ko'ra, bo'lg'usi onalar homilador bo'lishdan bir necha oy yoki bir necha yillar avvalroq bolaga ziyon yetmasligi uchun chekishni tashlaganlari ma`qul. Chekish tuxum hujayralari sifatiga ular urug'lanmasdanoq ta`sir ko'rsatadi", — deyiladi maqolada. 

Olimlar sichqonlarda tajriba o'tkazib, homila uchun eng jiddiy xavfni oksidlovchi stress solishini aniqlashdi. Bu tanada erkin radikallarning ortiqcha to'plangan holatidir. Bular yomon ekologiya, stress, o'ta og'ir jismoniy charchoq yoki tamaki tutunida kelib chiqadi.

Tadqiqotning ko'rsatishicha, tamaki tutuni ta`siriga uchragan onalardan tug'ilgan bolalar yomon xotira va zaif a`zolarga ega bo'lishgan. Olimlarning fikricha, oksidlovchi stresnng ko'pligiga mitoxondriyada erkin radikallardan tozalovchi antioksidantlar yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi bilan bog'liq.
 
Tadqiqotchilarga ko'ra, chekuvchi ona hali dunyoga kelmagan farzandini yetarli miqdorda kislorod bilan ta`minlanishiga yo'l qo'ymaydi. Uning yetishmasligi esa, gipoksiya, ya`ni hujayralarda "kislorod va qon yetishmovchiligi"ga olib kelishi mumkin. 

Яндекс.Метрика