У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar ikkinchi bor gravitatsiya to‘lqinlarini qayd etdi

calendar 16.06.2016
955

Moskva davlat universiteti olimlari ikkinchi bor gravitatsiya to‘lqinlari qayd etilganini ma’lum qildi. Olimlarga ko‘ra, Quyosh massasidan 14 va 8 barobar katta bo‘lgan ikki “qora tuynuk”ning qo‘shilishidan so‘ng hosil bo‘lgan ikkinchi signal birinchisiga qaraganda zaifroq bo‘lgan. Bu haqda o‘quv yurti matbuot xizmati ma’lum qildi, deyaxabar beradi “Vedomosti”.

“Ikkinchi signal nisbatan katta bo‘lmagan ‘qora tuynuk’lar tomonidan hosil qilingani ahamiyatli, bu astrofiziklarning taxminiga ko‘proq to‘g‘ri keladi. Endi birinchi marta qayd etilgan hodisa noyob istisno emasligiga ishonchimiz komil bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidlagan MDU fizika fakulteti professori Farida Xaliliy.

Ilk bor gravitatsiya to‘lqinlari qayd etilgani 2016-yilning 11-fevralida e’lon qilingan edi. Ularning mavjudligini Albert Eynshteyn 1916-yilda bashorat qilgandi.

Яндекс.Метрика