У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar inson hayoti uchun eng xavfli kasblarni aniqladi

calendar 20.12.2015
4697

Bir qator mamlakatlarning olimlari jami 17 yil davom etgan, 140 mingdan ortiq ko‘ngillini qamrab olgan tajriba davomida inson salomatligi va umri davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lum bir kasblar borligini aniqladi.

 

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, ishdagi stress erkaklarda ham, ayollarda ham insult bilan kasallanish xavfini mos ravishda 22 va 33 foizga oshiradi. Xavfli kasblar orasida muhandislik, o‘qituvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va kopirayterlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Ishdagi yuqori darajadagi stress sog‘lom ishchining salomatligiga nafaqat salbiy ta’sir etadi, shu bilan birga uni noto‘g‘ri turmush tarzini tanlashga majbur qiladi. Ya’ni, ishchi haddan tashqari ko‘p chekishi, beqaror ovqatlanishi yoki haddan tashqari ko‘p yeb yuborishi — ishdagi stressdan.

Xodimlarda stress holatlarining yuzaga kelishida ish beruvchi har doim ham aybdor bo‘lavermaydi. Ko‘pincha xodimlar o‘zini o‘zi qiynaydi — ish vaqtini noto‘g‘ri taqsimlaydi, hamkasblari va boshliqlari bila kelisha olmaydi, ishdagi kamchiliklarga oilaviy, shaxsiy muammolar ham qo‘shilib ketadi.

Qiziq tomoni, aholi orasida uncha ommalashmagan obodonlashtiruvchi va konchi kasblarida stress darajasi eng kam bo‘lib chiqdi.

Яндекс.Метрика