У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar: Insoniyat intellekti avloddan avlodga pasaymoqda

calendar 18.06.2018
887

Norvegiyalik olimlar Bernt Bratsberg va Ole Rojyeberg Milliy fanlar akademiyasida har bir avlod vakillari IQ-testlar bo'yicha avvalgilariga qaraganda yomonroq natijalarni qayd etayotganiga doir hisobotni taqdim etishdi, deyiladi flashnord.com portalida. 

O'tgan asrning birinchi yarmida qayd etilgan ilmiy taraqqiyot odamlar yil sayin yanada aqlli va bilimli bo'lib borishiga umid bergandi. Biroq ma`lum bo'lishicha, IQ o'sish sur`atlari qisqa muddatli bo'lgan va bu, hoynahoy, aksariyat mamlakatlarda tibbiyot darajasi va oziqlanish sifatining oshishi bilan bog'liq bo'lgan. Hozir esa aks ta`sir kuzatilmoqda. Insoniyat aqliy salohiyati pasayib bormoqda.

Norvegiyalik olimlar 1970 yildan 2009 yilga qadar harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan 730 ming IQ-test natijalariga asoslanib, shunday xulosaga kelishgan. Kuzatuvlarga muvofiq, har bir avlod avvalgisiga nisbatan o'rtacha 7 balldan yo'qotgan. 

O'tgan asrdagi tengdoshlaridan farqli o'laroq, zamonaviy yoshlar voyaga yetayotgan oilaning turmush darajasi intellekt rivojiga deryali ta`sir ko'rsatmayapti. Har taraflama kompyuterlashtirish ko'proq salbiy omil bo'lib xizmat qilmoqda: bolalar kitob o'qish o'rniga videoo'yinlar o'ynashmoqda. 

Olimlar intellekt darajasining pasayishiga atrof-muhitning yomonlashuvi, o'rta statistik insonning taomnomasida baliq miqdorining kamayishi ham ta`sir qilgan bo'lishi mumkinligini ta`kidlashmoqda.

Яндекс.Метрика