Bugungi kunda
kaktus turlarining qariyb uchdan bir qismi yo'qolib ketish arafasida.
Tikanakli o'simliklar sayyoradagi eng nozik o'simliklar ro'yxatidan
o'rin egalladi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi 6 oktyabr kuni.
"Biz
kaktus turlarining katta qismi turli xil tahdidlar tufayli butkul
yo'qolib ketish arafasida ekanini aniqlab, hayratga tushdik”, - deydi
tadqiqot guruhi rahbari Barbara Gotch.
Olimlar fanga ma'lum bo'lgan 1478ta
kaktus turining 31 foizi yo'qolish chegarasida, degan xulosaga kelishdi.
Mazkur o'simliklarning sayyoramiz sathidan g'oyib bo'lish su'atlari
sutemizuvchilar va qushlarga qaraganda tezroq kechmoqda.
Tikanaklar
uchun eng xavfli omil sifatida insonlar faoliyati tilga olindi. Masalan,
yo'qolib ketish arafasida turgan noyob o'simliklar savdosi bilan
noqonuniy shug'ullanish, kaktuslar o'sadigan hududlarda jonivorlarning
boqilishi ularga katta tahdid tug'dirmoqda.
Bir santimetrdan 19 metrgacha bo'lgan kaktuslar kollektsionerlar o'rtasida qadrlanadi: o'simliklar turli rang va kutilmas qiyofadagi gullari bilan kishilarni hayratga soladi. Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan kaktuslar asosan Shimoliy va Janubiy Amerikadagi Chili, Urugvay, Meksika va Qo'shma Shtatlar hududlarida o'sadi.