У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar kam o‘rganilgan orollarda pingvinlarning yirik koloniyasini aniqladi

calendar 04.03.2018
760

Xalqaro olimlar guruhi tomonida Antarktidaning kam o‘rganilgan hududida Adeli pingvinlarining ko‘p sonli pingvinlar koloniyasi topildi, deb yozadi “Izvestiya”.

 

Chegaralangan maydonda 1,5 millionga yaqin pingvin borligi aniqlandi.

Biologlar ushbu maskanni pingvinlarning materik bo‘ylab migratsiyasini nazorat qilish orqali topdi.

Populyatsiya Jeynjer orollarida joylashgan. Ularni aniqlashda olimlarga kosmosdan olingan suratlar yordam berdi.

Hududda 750 mingdan ortiq uyalar topilgan. Avvalroq olimlar bu hududda kamida besh baravar kamroq qushlar borligini taxmin qilgan edi.

Yangi hisob-kitoblarga ko‘ra Jeynjer orollarida shu turdagi pingvinlarning 55 foizi yashaydi.

Olimlar iqlim o‘zgarishlari paytida mazkur hududni himoya qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Яндекс.Метрика