У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar: kambag‘allar arzon go‘sht yegani uchun boylardan 30 yil kamroq umr ko‘radi

calendar 30.04.2016
1191

Ishlov berilgan va turli oziq-ovqat qo‘shimchalari bilan to‘ldirilgan arzon qizil go‘shtni iste’mol qilish umr uzoqligiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Buni Shotlandiyaning Glazgo shahridagi olimlar aniqladi, deb yozadi “TASS”.

Shotlandiyalik jamiyatshunoslar Glazgoda badavlat shaharliklar o‘rtacha 80 yoshgacha yashashi, qashshoqlarning o‘rtacha umr davomiyligi esa 54 yoshdan oshmasligini aniqlagan. Bungacha ushbu hodisaning aniq sabablari ma’lum bo‘lmagan. Biroq Glazgo universiteti qoshidagi Saratonni tadqiq qilish instituti olimlari bunga asosiy sabab kambag‘allar sifatli oziq-ovqat sotib olishga qurbi yetmasligidan iborat ekanligini aniqladi. Arzon ishlov berilgan go‘sht ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, arzon go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan ko‘p sonli oziq-ovqat qo‘shimchalari fosfatlarning o‘zlashtiriluvchanligini ancha yengillashtiradi (60% o‘rniga butun 100% o‘zlashtiriladi), natijada ushbu mahsulot sog‘liq uchun yanada xavfliroq bo‘ladi.

Fosfatlarning zarari shundan iboratki, ular telomer (xromosomalarning uch qismi)larni yo‘q qiladi, ular esa organizmni yurak va qon-tomir kasalliklari, saraton va Alsgeymer xastaligidan himoya qiladi.

Olimlar fikricha, ishlov berilgan arzon go‘shtning vayronkor ta’sirini, ratsionga yetarlicha miqdorda meva va sabzavotlarni kiritish orqali kamaytirish mumkin. “Odamlar har safar tamaddi qilganda go‘sht yeyish odati ustida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak”, — deb hisoblaydi olimlar.

Яндекс.Метрика