У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar kechqurun taomlanish miya uchun zararli ekanini ma'lum qilishdi

calendar 23.12.2015
2119

Olimlar tungi uyqu vaqtida taom iste'mol qilish nafaqat tana, balki miyaga ham salbiy ta'sir ko'rsatishini aniqlashdi. Kunlik tartibning buzilishi natijasida xotira sustlashishi boshlanadi. Bu haqda eLife jurnali ma'lum qildi.

AQShning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti genetik olimi Don Lo va uning hamkasblari tungi hayot tarzini olib boruvchi sichqonlar ustida tadqiqot o'tkazishdi. Ikki hafta davomida jonivorlarning bir guruhi tungi 10, 2 va 3 oralig'ida oziqlantirildi. Boshqa guruhga esa ertalabki 10 va tungi 3da ozuqa berildi.

Har ikki guruhdagi kemiruvchilar ham bir xil muddat davomida uxlagan bo'lsa ham, kunduz vaqtida oziqlantirilganlari uyqu bilan bog'liq muammolar (tez-tez uyg'onib ketishdi)ga duch kela boshlashdi. Bundan tashqari, ularning kunlik tartibi buzildi. Natijada xotira va o'rganishga javobgar bo'lgan oqsillar ishlab chiqilishi beqarorlashdi. Uyqu uchun mo'ljallangan vaqtda oziqlangan jonivorlar xotira testlarida yomon natijalarni qayd etishdi.

Hozircha tungi taomlanishning insonga qay darajada kuchli salbiy ta'sir ko'rsatishi aniqlanmagan. Biroq tungi smenada ishlaydigan kishilarning intellektual vazifalarni yomonroq echishi allaqachon ma'lum bo'lgan.

2014 yilda Yamaguchi universiteti olimi Makoto Akasi (Makoto Akashi) ham siqchonlar ustida tajriba o'tkazib, insulin organizmdagi bir qator to'qimalardagi sutkalik ritmni o'zgartirishini aniqlagan edi. Ya'ni, organizm ovqat hazm qilish tizimining optimal ishlashiga erishish orqali “oshqozon vaqti”ni ovqatlanish vaqtiga moslashtiradi.

Яндекс.Метрика