Keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo'lishi mumkin. Bu haqda Britaniya meteobyurosi chop etgan hisobotda aytildi.
Harorat
oshishi karbonat angidridning havoga tashlanishi miqdorining oshishi va
tabiiy okeanik jarayonlar omuxtaligi natijasida yuzaga kelmoqda.
Bu jarayonlardan eng muhimi El Nino deb
atalib, Tinch okeani ekvatorial qismi suvining yuqori qatlami
haroratining oshishidan iboratdir.
Shu bilan birga, olimlarning
ta'kidlashicha, Atlantika okeani yuzasida boshqacha jarayonlar sodir
bo'lmoqda, bu jarayonlarning qay biri ustunlik qilishi oqibatda
kelajakdagi jarayonlarni belgilab beradi.
"Bu Еr iqlimi uchun muhim burilish pallasidir, negaki bir vaqtning o'zida shuncha o'zgarishlar sodir bo'lmoqda”, - ta'kidladi loyiha boshlig'i professor Adam Skeyf.