Olimlar ma'lumotlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishning samarali usulini ma'lum qildi

                   

Britaniya va germaniyalik psixologlar ma'lumotlarni xotirada uzoq muddat saqlab qolishning maqbul usulini ma'lum qilishdi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Hippocampus jurnalida e'lon qilindi. Uning qisqartirilgan ko'rinishini esa New Scientist saytidan topish mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, uzoq muddatga eslab qolish uchun yaqindagina qabul qilingan ma'lumotdan so'ng 10 daqiqa tanaffus qilinishi lozim. Ushbu muddat ichida hech qanday axborot qabul qilinmasligi, jumladan, televizor ko'rilmasligi va ijtimoiy tarmoqlarga kirilmasligi zarur.

Ushbu holatda ma'lumotlarni eslab qolish darajasi ortadi. Hattoki, amneziyaga uchragan kishilar ham ijobiy natijani ko'rishlari mumkin.

Tadqiqotlari davomida olimlar kishilarni xira yoritilgan, mobil telefonlarisiz bo'sh va tinch xonada qoldirishdi. Tajribalardan so'ng psixologlar qatnashchilardan o'z hissiyotlari va avval olingan ma'lumotlarni qozog'ga tushirishini so'rashdi. Yakunda xordiq chiqargan kishilar oradan bir hafta o'tganidan so'ng axborotlarni boshqalarga qaraganda 10 foiz ko'proq yodda saqlab qolishi ma'lum bo'ldi.


Комментарии (1) | Добавить: 27.12.2015
1. Doniyooor (28.12.2015 11:54)
Payg'anbarlar meros xo'ri olimlar. Sababi ularham xudi payg'anbarlarga o'xshab insonlarga yaxshlik ulashadi. Ollox rozi bo'lsin.
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]