У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar muz vannalarining samaradorligiga shubha bildirishdi

calendar 05.10.2016
1036

Krishtianu Ronaldu va boshqa ko'plab sportchilarning musobaqalar uchun tez sur`atlarda tiklanishi uchun qabul qiladigan muz vannalari foydasizdir. Olimlarning fikricha, bu kabi vannalar aslida tananing zararlangan qismi va mushaklarni tiklashga umuman yordam bermaydi. Ularning hulosalari bitilgan maqola Journal of Physiology nashrida chop etilgan.

"Aniqlanishicha, sovuq suvga tushish mashg'ulotlar va musobaqalardan keyingi tiklanish uchun eng samarali usul emas. Sportchilar zararlangan mushaklarni tiklash uchun qo'llaydigan strategiyalarini qayta ko'rib chiqishlari zarur. Yana bir jihat, suvning boshqa harorati va vannada turish vaqtini o'zgartirish zararlangan mushaklar tiklanishiga naqadar yordam berishini ham batafsil aniqlab olish kerak", — degan Avstraliyaning Brisban shahridagi Kvinslend Tehnologiya universiteti ilmiy hodimi Jonatan Pik.  

So'nggi vaqtlarda qator sportchilar hususan, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu o'yinlardan keyin muzdek suvga bir necha o'n daqiqaga cho'mishi, tezroq tiklanishiga yordam berishini ta`kidlab keladi. Pik va uning hamkasblari esa, ayni shu muolaja naqadar to'g'ri ekanini tekshirib ko'rishgan. Buning uchun 19-24 yoshdagi, doimiy sport bilan shug'ullanuvchi va faol turmush tarzini olib boruvchi 9 nafar ko'ngillini jalb etishgan. Ularga o'zlarini sport yulduzi sifatida his qilish taklif etilgan. 

Ular, o'zlarining odatdagi jismoniy mashqlarini bajarishgach, harorati 10 darajani tashkil etgan suvga tushishgan. Birinchi kunda uning vaqti 10 daqiqani tashkil etgan. Bir haftadan so'ng, olimlar tiklanishning odatdagi usuli, ya`ni o'rnatilgan velosiped pedallarini bir necha o'n daqiqaga aylantirishni taklif etishgan. 

Har bir "tiklanish jarayonidan" so'ng, biologlar mushaklar zararlanganini anglatuvchi sut kislotasi va boshqa moddalar darajasini tekshirib borishgan. 

Tajribaning ko'rsatishicha, sovuq suvga tushish va shuning natijasi o'laroq mushaklar haroratining pasayishi hamda qon aylanishining sekinlashuvi sportchilarning tezroq tiklanishiga odatdagi tiklanish mashqlaridan ko'ra yahshiroq ijobiy samara bermagan. Shu boisdan ham, olimlar sportchilarga tiklanishning yangi usulini topishga yoki o'zlarining "muzli" usuli boshqalaridan shunchaki ko'rinishi bilan farqlanishini aytishni tavsiya etishmoqda. 

Яндекс.Метрика