У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar qarilik genini topdi

calendar 30.04.2016
1612

Niderlandiya, Britaniya va Xitoy vakillari bo‘lgan olimlar insonning yosh yoki qari ko‘rinishiga javob beradigan genni aniqladi. Bu haqda, Current Biology jurnaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Rotterdamdagi Erazm universiteti xodimlari hamkasblari bilan birgalikda raqamli fotosuratlar yordamida yoshning tashqi belgilari genom tahlilini o‘tkazdi. Tadqiqotda 2693 kishi qatnashdi. Jami sakkiz milliondan ortiq bir nukleotidli polimorfizmlar tahlildan o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, aniq-ravshan ko‘rinadigan yosh 1 tip melanokortinli retseptor genidagi (MC1R) ko‘plab bir nukleotidli polimorfizmlar bilan bog‘liqdir. Bu retseptor pigment hujayralarida joylashgan bo‘lib, melanin sintezini boshqaradi va sochning, terining rangi hamda quyosh nuriga ta’sirchanlikni belgilab beradi.

Yoshning tashqi belgilariga baho berish uchun tadqiqotchilar 30 nafar britaniyalik respondentdan fotosuratlar bo‘yicha yoshni aniqlashni so‘radi. Ma’lum bo‘lishicha, MC1R varianti bo‘yicha gomozigotali odamlar o‘z real biologik yoshidan ikki yoshga kattaroq ko‘rinar ekan.

Tashqi yoshning MC1R geni varianti bilan bog‘liqligi real yosh, jins, tana rangi, quyosh ta’siriga bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, MC1R’ning insonning tashqi ko‘rinishiga ta’siri uning melanin sintezi jarayoniga o‘tkazadigan ta’siriga bog‘liq emas.

Tadqiqot mualliflaridan biri Manfred Kayzerning ta’kidlashicha, ikki yosh uncha katta tafovut bo‘lib ko‘rinmasligi mumkin. Ammo tashqi ko‘rinish nafaqat genlarga, balki tashqi muhit ta’siriga ham bog‘liqdir. Shu bois bu ikki jihatning uyg‘unlashuvi qarilik belgilarini sezilarli darajada kuchaytirib yuborishi mumkin.

Яндекс.Метрика