У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar qizil super Oy kuzatilishini ma’lum qildi

calendar 05.01.2018
1697

Olimlar yanvar oxirida “qonli”, ya’ni qizil super Oy kuzatilishini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, “qizil Oy”ning o‘zi noyob hodisa emas, ammo uni to‘liq Oy tutilishi bilan bir vaqtda kuzatishga kamdan-kam erishiladi. So‘nggi marta bunday hodisa qariyb 150 yil avval yuz bergan, keyingi yirik super Oylar 2028-yilning 31-dekabrida va 2037-yilning 31-yanvarida kutilmoqda.

Olimlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lin “qizil Oy” kunning qorong‘i vaqtida paydo bo‘ladi, uni birinchi bo‘lib, sayyoraning g‘arbiy yarim shari aholisi ko‘rishi mumkin.

Super Oy — to‘lin Oy yoki yangi Oy chiqishi Oyning Yerga maksimal darajada yaqinlashish vaqtiga to‘g‘ri kelgan paytda sodir bo‘ladigan astronomik hodisa. Yorqin qizil rang esa osmon jismi sayyora soyasida turishi, va uning yuzasiga faqat yorug‘likning bir qismi tushishi hisobiga yuzaga keladi.

Яндекс.Метрика