У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar qushlar nima uchun sigareta qoldiqlarini uyasiga tashishiga aniqlik kiritdi

calendar 02.07.2017
1598

Ayrim qushlar sigareta qoldiqlaridan parazitlarni cho‘chitish uchun foydalanmoqda. Meksikalik tadqiqotchilar tomonidan Journal of Avian Biology jurnalida chop etilgan maqolada shu haqda so‘z boradi.

Meksika milliy avtonom universiteti olimlari Konstantino Garsiya va Monserrat Suarez-Rodrigez bundan 5 yil avval qushlar, xususan, qizilbosh chumchuqlar ko‘pincha sigareta qoldiqlarini terib, uyasiga tashishiga e’tibor qaratdi.

Tadqiqotchilar nikotin kana va boshqa qon so‘ruvchi hasharotlarni cho‘chitgani uchun sigareta qoldiqlari qushlarni o‘ziga jalb etishi haqidagi xulosaga keldi.

Яндекс.Метрика