Olimlar SMS-xabar oxirida nimaga nuqta qo'yish kerak emasligini aniqlashdi

Agar ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar va SMSlarning oxirida nuqta qo'yilsa, ular kamroq darajada samimiyroq qabul qilinadi. Nyu-Yorkdagi Bingemton universiteti psixologlarining aniqlashicha, ko'p odamlar nuqta timsolida salbiy hissiyotlarni ko'rishadi va ularda suhbatdoshi o'zini nodo'stona tutayotganligi yoki o'z asl maqsadini yashirishga urinayotganligiga shubha paydo bo'lishi mumkin. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.

Olimlar 126 kishilik guruh yig'ib, ularga ham elektron, ham qo'lda yozilgan yozishmalardan bir necha bo'laklarni o'qishga berishdi. Bir xabarda tasdiq gap va so'roq bo'lgan, ikkinchisida ijobiy javob bo'lgan. Shu bilan birga har bir bo'lak ikkita ko'rinishda: tinish belgilarisiz va ular bilan birga taqdim qilingan.

Natijada oxirida nuqta turgan elektron xabarlar sinaluvchilar tomonidan eng soxta va xufiyona deb baholandi. Buni odamlar real hayotda tayanadigan muhim ijtimoiy va mavzuga oid signallar yo'qligi bilan tushuntirish mumkin. Psixologiya professori Selina Klinning aytishicha, odamlar yuzma-yuz suhbatlashganda ham barcha hissiy ma'lumotlarni qarashlar, mimika, ovoz ohangi va boshqalar bilan uzatishadi.

Elektron yozishmalarda esa bu hissiyotlardan foydalanib bo'lmaydi. “Unda suhbatdoshlar ularda bor narsalarga tayanadilar: smayliklar, tovush ohangiga taqlid qiluvchi ataylab yo'l qo'yilgan imloviy xatolar va bizning ma'lumotlarga ko'ra, tinish belgilari”, deyilmoqda Computers in Human Behavior jurnalida chop etilgan maqolada. Olimlarning fikricha, oxirida undov belgisi qo'yilgan xabarlar samimiyroq qabul qilinadi.


Комментарии (3) | Добавить: 10.12.2015
3. 62333339 (11.12.2015 20:12)
2. Dur (Сегодня 09:57)
Toriside.
2. Dur (11.12.2015 09:57)
Toriside.
1. IBROXIMBEK (10.12.2015 11:32)
to'g'ri
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]