У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"

calendar 25.06.2017
1212

Vitaminlar foydali bo'lgani bilan ularning me`yordan ortiq iste`moli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqida olimlarning so'zlariga asoslanib, "Ortodoks" tibbiy portali ma`lum qildi. 

Yoz mavsumi meva va sabzavotlarga boyligi sabab organizmni vitaminlar bilan to'yintirish muammo tug'dirmaydi. Aynan shu tabiiy mahsulotlar inson organizmini foydali mikroelementlar bilan ta`minlaydi. 

Shuni yodda tutish muhimki, vitaminlar ham ortiqcha bo'lishi mumkin. Gap shundaki, ularning me`yordan oshishi organizmga aks ta`sir ko'rsatadi.

Buni ayniqsa S vitamini misolida ko'rish mumkin, uning sutkalik dozasi 40 milligramni tashkil qiladi. E vitamini iste`molida ham ehtiyot bo'lish kerak, uni bir kunda 3-4 gramm qabul qilish yetarli bo'ladi. 

Vitaminlar me`yorida bo'lsa, davolovchi samara beradi, darmondorilarning me`yordan oshishi esa organizmni deyarli zaharlaydi. 

Яндекс.Метрика