У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi

calendar 09.09.2018
3463

Uyqusiz tun sabab kuchsizroq bo'lishingiz va semizlikning yuqori xavfiga uchrashingiz mumkin. Tanamiz smenali ish grafigi, charchoqqa shu yo'l bilan reaksiya qilishini tushuntirishga undaydigan tadqiqot natijalari ana shunday, deya yozadi Independent jurnalisti Aleks Mettyuz-King.

Shved tadqiqotchilarining jamoasi uyqusiz o'tkazilgan bitta tun yog' to'qimasiga organizmning yog' yig'ish xususiyatini oshiradigan genni kiritishini namoyish etishdi. U ikkinchi tur diabetining yuzaga kelishi bilan bog'liq.

«Olimlar mushak to'qimasidagi aks effektni ham qayd etishdi. Bo'g'imlarni tashkil qiluvchi murakkab oqsillar oddiy shaklga kira boshladi. Tadqiqotchilar bu organizmga yog' zaxirasini saqlashga yordam beruvchi adaptatsiya bo'lishi mumkin degan fikrdalar», - deya xabar bermoqda Mettyuz-King.

Tadqiqot muallifi Uppsals universiteti xodimi Jonatan Sedernas shunday hikoya qiladi: «Hozirgi vaqtda smenali ish va to'yib uxlamaslik juda keng tarqalgan. Shuning uchun buni o'rganish muhim. Biz tadqiqotimizning natijasi surunkali to'yib uxlamaslik va smenalarda ishlash semizlik va ikkinchi tur diabeti xavfini oshirishi, shu bilan birga mushak to'qimasi kamayishiga guvohlik beradi, deb hisoblaymiz».

«Bu biologik soatlarning o'zgarishiga ham bog'liq deb o'ylaymiz. Ma`lumki, ular 24 soatlik sur`atni nazorat qiladi», - deydi u.

Olimlar 15 nafar sog'lom ko'ngillilardan normal uyquli tun va tungi smenaga taqlid qilish maqsadida ularga uxlashga ruxsat berilmagan tundan keyin qon, mushak va yog' to'qimasi namunalarini olishgan. Ovqatlanish, jismoniy mashqlar va yorug'lik o'zgarmagan.

Tadqiqotchilar to'qimadagi DNK – genetik kod segmentlarining qo'shilishi jarayonlarini o'rganishdi.

«Tahlil buzilgan uyqudan keyin DNKdagi yog' to'plash bilan bog'liq jarayonlar kuchayganligini ko'rsatdi. Mushak to'qimasida katta, quvvat sig'imiga ega mushaklarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq genlar faolligi pasaygan. Bu esa tuzilmaning buzilishiga olib kelgan. Mazkur jarayon katabolizm sifatida mashhur», - deyiladi maqolada.

Яндекс.Метрика