У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar Yerdagi suvning kelib chiqish sirini oshkor etdi

calendar 15.11.2015
3361

Yerdagi suv shu paytgacha taxmin qilinganidek, kometa yoki asteroidlar tomonidan olib kelinmagan, balki, avvaldan mavjud bo‘lgan. Bu haqda Science jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Olimlar Arktikadagi Kanada orolida Yerning eng qadimiy jinslarini o‘rganib, shunday xulosaga keldi.

“Ushbu jinslar namunalaridagi suv molekulalari tarkibida deyteriy (og‘ir vodorod) atomi kam miqdorda aniqlandi. Bu shuni bildiradiki, u Yerga shakllanib, sovigandan so‘ng emas, balki sayyoraning changi bilan birga tushgan. Ushbu changdagi suvning katta qismi bug‘lanib ketgan, biroq uning qoldiqlari Yerda okeanlarni yuzaga keltirish uchun yetarli bo‘lgan”, — dedi olimlardan biri Lidiya Xallis.

Bugungi kunda sayyorashunoslar Yerdagi suvlar “kosmik” tarixga ega deb hisoblaydi. Ularning yarmi fikricha, suv manbai kometalardir, qolgan astronomlar esa Yer sayyorasining suv zaxirasi asteroidlar tomonidan keltirilgan deb hisoblaydi.

Xallis va uning hamkasblari Kanadaning Baffina o‘lkasida  1985-yilda topilgan qadimiy jinslar namunalarini o‘rganib, aslida sayyoradagi okeanlar uning o‘z suvi bilan to‘ldirilganini ko‘rsatib berdi.

Ushbu bo‘laklar tarkibida inklyuziya — qiyin eriydigan kristalldan iborat kichik sharchalar bo‘lib, ular 4,5 — 4,4 milliard yil avval Quyosh tizimi yangi paydo bo‘lgan vaqtda shakllangan. Ular Yer qa’rini hech qachon tark etmagani va Yer qobig‘idagi boshqa jinslar bilan qorishib ketmagani tufayli, ularning tarkibida sayyoraning dastlabki materiyasi mavjud.

Яндекс.Метрика