У нас есть только
оригинальные песни

Olimlar Yerning chorak qismi sahroga aylanishi mumkinligidan ogohlantiris

calendar 03.01.2018
1353

Yer Tselsiy bo'yicha yana bir darajaga isiydigan bo'lsa, uning chorak qismidan ko'prog'i "qurishi" mumkin, deya xabar beradi Phys.org. portali. Xalqaro olimlar guruhi, jumladan Shenchjen (Xitoy)dagi Janubiy fan va texnologiyalar universiteti hamda Ist-Angliya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. 

Yer shari Tselsiy bo'yicha 1 darajaga isib bo'ldi, deya ogohlantirishmoqda tadqiqotchilar. Keyingi global isish quruqlikning bir qismi cho'lga aylanishi bilan tahdid solmoqda. Bu qishloq xo'jaligi va bioxilma-xillikka tuzatib bo'lmas ziyon yetkazadi. Shuningdek hamma yerda qurg'oqchilik va o'rmon yong'inlari boshlanadi. 

Yangi tadqiqot o'rtacha haroratning Tselsiy bo'yicha 2 darajaga global o'zgargan taqdirda, Yer sathining 20-30 foizi sahroga aylanishi mumkinligini ko'rsatdi. 

Biroq global isishni Tselsiy bo'yicha 1,5 darajada ushlab turishning uddasidan chiqilsa, Yevropaning janubiy qismi, Afrika janubi, Markaziy Amerikaning bir qismi, Avstraliya qirg'oqlari va Janubi-Sharqiy Osiyo Yer "qurishi"ni chetlab o'tadi, deya ta`kidlashmoqda olimlar. 

Яндекс.Метрика