Olimlar zilzilani oldindan aniq aytish yo'lini topishdi


Islandiyalik tadqiqotchilar seysmik faollikni aniqlash va baholash uchun optik tolali kabeldan foydalanishdi. Sinov davomida internet va televideniye uchun mo'ljallangan oddiy sim tuproq harakati va dastlabki tebranishlarga nisbatan sezuvchanligi ma`lum bo'ldi.

Islandiyalik geologlar Germaniya geofizik tadqiqotlar markazidagi hamkasblari bilan birgalikda yerosti silkinishlarini o'lchash uchun ikki elektr stansiyasi orasida o'rnatilgan oddiy optik tolali kabeldan foydalanishgan. Kabel bo'ylab lazer impulsi yo'naltirilgan va u butun sim bo'ylab tebranishlarni aniqlash uchun yetarli bo'lgan.

Zilzilani oldindan aytishning yangi texnologiyasi tufayli olimlar seysmik faollik manzili va vaqtini odindan aniq bilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Yangi texnologiya Meksika va Yaponiyadagi geologik laboratoriyalarda tajriba sinovidan o'tkazilmoqda.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!