У нас есть только
оригинальные песни

Oliy Liga. O‘yiniga eng ko‘p muxlis tashrif buyurayotgan “Buxoro” birinchi bor mag‘lubiyatga uchradi

calendar 24.04.2016
1986

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 6-turning 24-aprel sanasidan joy olgan bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

6-turga qadar mag‘lubiyatsiz yetib kelgan “Buxoro” hamda “Nasaf” klublarining o‘zaro o‘yinida Qarshi klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Qayd etish kerak, uchrashuvning 48-daqiqasida mezbonlar a’zosi Ruslan Melziddinov penaltidan aniq foydalana olmadi.

“Qo‘qon—1912” maydoniga safar uyushtirgan “Qizilqum” klubi ketma-ket ikkita durangdan so‘ng, yirik g‘alabaga erishdi. So‘nggi ikki turni Navoiy klubi “Obod” hamda “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazib, jami 4 ochko yo‘qotgandi. 6-turdan keyin “Qizilqum” mag‘lub bo‘lmagan jamoalar qatorida bormoqda.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi yetakchi futbolchilari tomonidan kiritilgan gollar evaziga G‘uzordan g‘alaba bilan qaytdi. Bu Timur Kapadze uchun 2016-yilgi mavsumda birinchi gol bo‘lsa, Server Jeparov “Mash’al”ga qarshi o‘yinda ham to‘p kiritishning uddasidan chiqa olgandi.

6 ta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lgan “Sho‘rtan” turnir jadvalida so‘nggi o‘rindan joy olgan. 5-turdan keyin bosh murabbiyning iste’foga chiqarilishi hozircha samara bermadi. “Sho‘rtan” Oliy Ligadagi avvalgi ishtiroklari bilan solishtirganda eng yomon natijasini qayd etmoqda.

Turnir jadvalida bir yo‘la uch klub 16 tadan ochko jamg‘argan: “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf”. “Qizilqum” 14 ochko bilan 4-o‘rindan joy olgan.

9 ochko bilan yettinchi bo‘lib turgan “Paxtakor” 25-aprel kuni 12 ochko jamg‘arishga erishgan “Metallurg”ni qabul qiladi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
6-tur bellashuvlari
24-aprel, yakshanba

“Qo‘qon—1912” — “Qizilqum” 0:3

Gollar: Vyacheslav Shevchenko, 15 (0:1). Sherali Jo‘rayev, 62 (0:2). Bahriddin Vahobov, 64 (0:3).
Noaniq penalti: Otabek Haydarov, 71 (Q).

“Olmaliq” — “Navbahor” 2:1

Gollar: Arslonmurod Omonov, 4 (1:0). Farhod Tojiyev, 23 (2:0). Anvar Rajabov, 65 (2:1).

“Sho‘rtan” — “Lokomotiv” 0:2

Gollar: Timur Kapadze, 8 (0:1). Server Jeparov, 77 (0:2).

“Buxoro” — “Nasaf” 0:2

Gollar: Sherzod A’zamov, 9 (0:1). Azamat Allaniyozov, 90 (0:2).
Noaniq penalti: Ruslan Melziddinov, 48 (B).

25-aprel, dushanba
“Paxtakor” — “Metallurg”

Яндекс.Метрика